Koordinatalari: 41°52′11″N 72°56′43″E / 41.86972°N 72.94528°E / 41.86972; 72.94528

Toʻqtagʻul (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Toʻqtoʻgʻul tumani
Токтогул району
tuman
Tarkibida Jalolobod viloyati
Maʼmuriy markazi Toʻqtoʻgʻul
Rasmiy tillar qirgʻiz, rus
Aholi (2009) 86 306 kishi[1]
Millatlar tarkibi qirgʻizlar — 99,3%
ruslar — 0,2%
oʻzbeklar — 0,2%
uygʻurlar — 0,2 %[1]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +99637
Avtomobil raqami kodi D
Xaritada
Toʻqtoʻgʻul tumani xaritada
41°52′11″N 72°56′43″E / 41.86972°N 72.94528°E / 41.86972; 72.94528
Toʻqtoʻgʻul suv ombori

Toʻqtoʻgʻul tumani (qirgʻizcha: Токтогул району) - Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyatidagi tuman.

Maʼmuriy markazi — Toʻqtoʻgʻul qishlogʻi.

1926-yilda tuman sifatida tashkil etilgan. Tuman tashkil topgunga qadar 1920-yilda Qirgʻiziston hududida Sovet hokimiyati oʻrnatilishi bilan Namangan uyezdiga qarashli boʻlgan Ketmontepa vodiysida Muztoʻr, Suvsamir va Arim boʻlisliklari mavjud boʻlgan. 1926-yilda bu uch volost birlashtirilib, tuman tashkil etildi. 1939-yilgacha Ketmontepa tumani mashhur shoir, qoʻshiqchi, mutafakkir Toʻqtagʻul Satilgʻan oʻgʻli sharafiga nomlangan.

Toʻqtoʻgʻul tumani Jalolobod viloyatining shimoli-sharqiy qismida joylashgan. Tuman Qirgʻizistondagi uch viloyat ( Talas, Chuy, Norin ) bilan chegaradosh hisoblanadi.

Tuman hududidan Norin daryosi oqib oʻtadi. Qirgʻizistondagi eng yirik Toʻqtoʻgʻul suv ombori ham Toʻqtoʻgʻul tumani hududida joylashgan.

2009-yilgi Qirgʻiziston xalqini roʻyxatga olish boshqarmasining maʼ lumotiga loyiq, tumanda 86306 nafar kishi istiqomat qiladilar. Ulardan qirgʻizlar —85683 kishi (yoki 99,3%), ruslar — 188 kishi yoki 0,2%, oʻzbeklar — 185 kishi yoki 0,2%, uygʻurlar — 145 kishi 0,2%, boshqa millatlar — 105 kishi yoki 0,1%.[1]

Maʼmuriy boʻlinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman tarkibiga bir shahar tipidagi qishloq va 10 ovul okrugi kiradi:[3]