Orden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Orden (lotincha ordo — qator, daraja) — 1) metall nishon, takdirlash belgi-si, harbiy yoki fuqarolik xizmatlari uchun beriladigan faxriy mukofot. ordenning takdirlash belgisi sifatida vujudga kelishi ritsarlik tarixi bilan bogʻlikdir. Qadda ritsarlar alohida kiyim bosh kiyib, boʻyinlariga qimmatbaxr metalldan yasalgan krest taqib yurishgan, bu ularning muayyan ritsarlik tashkiloti (ordeni)ga tegishlili-gini bildirib turgan. "Falon orden kava-leri" (yaʼni aʼzosi) degan ibora ana shundan kelib chiqqan. XIV-XVI asrlarda saroy amaldorlarining belgilari paydo boʻldi, ular keyinroq mukofotlar tusini oldi (mas, 1348-yoki 1350-yildan inglizlarning Bogʻichlar ordeni; 1399-yildan Bani ordeni; 1429-yildan avstriyaliklar va ispanlarning Oltin Jun teri ordeni; 1579-yildan fransuzlarning muqaddas Ruh orden). Islom dini tarqalgan Turkiya, Eron, arab davlatlarida podsholar buyuk xizmatlar koʻrsatgan odamlarni boʻyniga taqishga moʻljallangan yarim oy shaklidagi nishonlar bilan takdirlashgan. Takdirlash marosimlari, aso-san, diniy va milliy bayramlarda oʻtkazilgan. Rossiyada birinchi ordenni Petr I 1698-yil taʼsis etgan (avliyo apostol Andrey Pervozvanniy orden). Oktabr toʻntarishidan keyin podsho orden va medallari bekor qilindi. Birinchi sovet Qizil Bayroq ordeni 1918-yilda RSFSR da taʼsis qilindi. Shoʻrolar hukumati keyinchalik juda koʻp orden, medal, faxriy yorlikdar taʼsis etdi. Lenin ordeni SSSRning eng oliy ordeni hisoblangan. SSSR tarqalib ketgandan soʻng Oʻzbe-kiston mustaqil respublikalar ichida birinchi boʻlib oʻz orden va medallarini joriy etdi hamda ularni, shuningdek, turli esdalik va kolleksiya tangalarini oʻzida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi (qarang Oʻzbekiston Respublikasining orden va medallari); 2) Gʻarbiy Yevropada ritsarlarning harbiy-monaRxlik tashkilotlari; 3) baʼzi maxfiy jamiyatlarning nomi; mas, masonlik orden [1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil