Om Georg Simon
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Om Georg Simon | |
---|---|
Tavalludi | 16-mart 1789[1][2] |
Vafoti | 6-iyul 1854[2] |
Fuqaroligi | Kingdom of Bavaria |
Om Georg Simon(nemischa: Georg Simon Ohm; 1787.16.3, Erlangen — 1854.7.7, Myunxen) — nemis fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1842-yildan). Erlangen universitetini tugatgan (1806). Nyurnberg (Germaniya) politexnika maktabi (1833-yildan), Myunxen universiteti (1849-yildan) professor. Ilmiy ishlari elektr, optika, kristallooptika hamda akustikaga oid. Elektr zanjirini kashf qilgan. Shu zanjirning eng muhim harakteristikalaridan biri — oʻtkazgichlar qarshiligi ekanligini koʻrsatib, qarshilik tushuncha-sini fanga kiritgan. Elektr tokining asosiy qonuni (qarang Om qonuni)np yaratgan. Elektr qarshilik birligi — Om uning nomi bilan ataladi.[3]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |