Jumanji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Jumanji
Rejissyor(lar) Joe Johnston
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
Hikoya
Qaysi asarga
asoslangan
Jumanji
–Chris Van Allsburg
Rollarda
Bastakor(lar) James Horner
Kinematografiya Thomas E. Ackerman
Muharrir(lar) Robert Dalva
Studiya(lar)
Distribyutor Sony Pictures Releasing
Chiqarilgan sanasi
  • 15-dekabr, 1995-yil(1995-12-15)
Davomiyligi 104 daqiqa
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $65 million[1]
Daromadi $262.8 million[1]


Jumanji—1995-yilda rejissyor Joe Johnson tomonidan yaratilgan dark fentezi sarguzasht janridagi Amerika filmi. Film ssenariy mualliflari Jonathan Hensleigh, Jim Strain hamda Greg Taylorlar bo‘lib, Chris Van Allsburgning 1981-yili bolalar uchun yaratgan rasmli kitobiga asoslangan. Ushbu film Jumanji seriali filmlarining dastlabkisi bo‘lib, unda aktyorlardan Robin Williams, Kirsten Dunst, David Alan Grier, Bonnie Hunt, Jonathan Hyde va Bebe Neuwirth kabilar rol ijro etishgan. Film voqealari g‘ayritabiiy stol o‘yini atrofida kechadi va ushbu o‘yin ishtirokchilari har bir yurish tufayli turli xil xavf-xatarlarga duchor bo‘ladilar.

Jumanji 1995-yilning 15-dekabrida Sony Pictures Releasing tomonidan taqdim etilgan. Tanqidchilar filmni turlicha baholashgan bo'lishsa-da, u kassa daromadi jihatdan muvaffaqiyat qozongan. Byudjeti 65 million dollarni tashkil etgan bo'lsa, kassa tushumi 263 million dollardan oshgan va 1995-yilning eng kassabop filmlari ro'yxatida 10-o'rinni egallagan.

Filmdan ilhomlanib animatsion televizion serial yaratilgan hamda 1996-1999-yillar oralig'ida efirga uzatilgan. Shuningdek, keyinchalik Zathura: A Space Adventure(2005) spin-off filmi hamda Jumanjining mantiqiy jihatdan davomi bo'lgan Jumanji: Welcome to the Jungle(2017), Jumanji: The Next Level(2019) singari ikkita film yaratilgan.

1969-yil, Alan Parrish Nyu-Xempshirning Brantford shahrida ota-onasi (Sam va Carol) bilan birga yashardi. Bir kuni u bezori bolalardan qochib, otasining poyabzal fabrikasiga borib qoladi. Do'sti Karl unga o'zi tikkan yangicha poyabzalni ko'rsatadi. Alan poyabzalni tasodifan noto'g'ri joyga qo'yib, unga zarar berib qo'yadi, lekin Karl javobgarlikni o'z zimmasiga olib, ishdan bo'shaydi. Bezorilar Alanni quvlab, velosipedini olib qochib ketishganidan keyin, Alan qurilish bo'layotgan joydan kelayotgan g'alati do'mbira ovoziga qiziqib, u tomonga boradi. U ustiga Jumanji deb yozilgan eski o'yin doskasini topib olib, uyiga olib keladi.

Mahalliy internat-maktabga borish bo'yicha Sam bilan bo'lgan kelishmovchilikdan so'ng Alan qochishni rejalashtiradi. Xuddi shu paytda uning do'sti Sarah Whittle Alanning velosipedini olib keladi. Alan unga Jumanjini ko'rsatadi va birga o'ynab ko'rishni taklif qiladi. Har tosh tashlashdan so'ng o'yin donachalari o'zlari harakatlanishadi va yurishning natijasi doskaning o'rtasidagi kristal sharda namoyon bo'ladi. Alanning bexosdan tosh tashlab yuborishi natijasida o'yin ishga tushib ketadi va xabar keladi. Unda aytilishicha, yana kimdir beshlik yoki sakkizlik toshni tashlamaguncha, Alan changalzorda jon saqlashi kerak bo'ladi va o'yin Alanni yutib yuboradi. Birozdan keyin esa Sarah ko'rshapalaklar to'dasidan qochib, uydan chiqib ketadi.

Oradan yigirma olti yil o'tgach, Judy va Peter Shepherd ota-onasi o'tgan yil qishda Kanadaga chang'ida sayohat qilish jarayonida baxtsiz hodisa tufayli halok bo'lganidan so'ng xolasi Nora bilan birga ayni paytda sotuvga qo'yilgan Parrishlar uyiga ko'chib o'tishadi. Judy va Peter tomdan Jumanjini topib olishadi va o'ynab ko'rishadi. Ularning tashlagan toshlari oqibatida o'yin ichidan bahaybat chivinlar va bir gala maymunlar chiqib kelishadi. Qoidalarida o'yin tugagandagina hammasi o'z holiga qaytishi aytilganligi sabab ular o'ynashda davom etishadi. Peter besh tushiradi va natijada o'yin ichidan arslon hamda katta yoshli Alan chiqib keladi. Tashqariga chiqib ketayotganida Alanning ko'zi eski do'sti Carlga tushadi, endilikda u politsiya xodimi bo'lib ishlardi. Xarobaga aylangan poyabzal fabrikasiga borganda, Alan, Peter hamda Judy shuni tushunib yetishadiki, Sam yo'qolib qolgan o'g'lini topish uchun poyabzal fabrikasini yopgan va 1991-yili vafot etgunigacha Alanni qidirgan. Fabrikaning yopilishi natijasida Brantford iqtisodiy muammoga duch keladi.

  1. 1,0 1,1 „Jumanji“. Box Office Mojo. 2019-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-yanvar.