Gipovolemiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Gipovolemiya
qon umumiy hajmining kamayishi
KXK-10 E86, R57.1, T81.1, T79.4[1]
KXK-9 276.52
DiseasesDB [1]
MedlinePlus 000167

Gipovolemiya – qon umumiy hajmining kamayishiga aytiladi[2].

Uning quyidagi turlari tafovut qilinadi[3].

  1. Oddiy gipovolemiya -qonning gematokrit koʻrsatkichi oʻzgarmay, uning umumiy hajmining kamayishi, yaʼni qon Shaklli elementlari va plazmaning bir xil miqdorda yoʻqotilishi. Bunday holat oʻtkir qon yoʻqotgan zahotiyoq paydo boʻladi va hujayralar oraligʻidagi suyuqlik qonga oʻtguncha saqlanib turadi.
  2. Oligositemik gipovolemiya – qonda asosan eritrositlar miqdorining kamayishi hisobiga qon umumiy hajmining kamayishi. Kamqonliklar gematuriyalarda va oʻtkir qon yoʻqotish vaqtida, toʻqima suyuqligining tomirlar oʻzaniga kirishi qonning hajmining, ayniqsa uning tarkibiy qismini kompensasiya qilmasligidan paydo boʻlishi mumkin.
  3. Polisitemik gipovolemiya – qonning umumiy hajmi plazma yoʻqotilishi hisobidan kamayadi va qonning hajm birligida eritrositlar miqdorini nisbatan koʻpayganligi aniqlanadi, natijada qonning qovuShqoqligi oshib qon quyuqlashadi. Bunday holat organizm suvsizlanganida (ich ketish, qusish, kuchli terlash, poliuriya, giperventilyasiya, kuyish kasalligi), Shokda (qon suyuq qismining tomirlar devori oʻtkazuvchanligi oshganligidan toʻqimalar oraligʻiga chiqishi natijasida) paydo boʻladi[4].

Asosiy klinik belgilar qon hajmining kamayish darajasiga bogʻliq. Klinik belgilar yuzaga chiqgunicha organizm 30% suyuqlikni yoʻqotishi mumkin.

  • – teri rangparligi;
  • – tinch holatdada yurak urishi;
  • – bezovtalik;
  • – nafas olish tezlashishi va terlash;
  • – qon bosimining pasayishi;
  • – ruhiy zaiflik.

Organizm koʻp suyuqlik yoʻqotishi oqibatida Gipovolemik shok rivojlanishi mumkin[5].

Gipovolemiya aniqlash uchun quyidagi diagnostik usullar qoʻllanadi:

Asosan Hayotiy koʻrsatgichlarni nazorat qilgan holda qon ketishni toʻxtatish, nafas olishni tiklash, pulsni nazorat qilish amallari bajariladi. Ogʻir hollarda, shoshilinch–reanimatsion choralari koʻriladi. Qon quyish yoki donorlik qon mahsulotlarini quyish vaqtida qon yoʻqotilishini toʻldirish va kerak boʻlganda shokni oldini olish zarur. Davolash davomida kislota-ishqor muvozanatini normallashtirish, trombozning (DVS) oldini olish, buyrak etishmovchiligi va ikkilamchi infektsiyalarning oldini olish uchun choralar koʻrish kerak. Bemorni keyingi parvarishida diagnostik tekshiruv natijalari va kunlik dinamikasi asosida olib boriladi.

Azimov R. Q. „Patofiziologiya“ Toshkent – 2010 yil

  1. „Xalqaro kasalliklar tasnifi“. www.ssv.uz. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi (6 oktyabr 2021-yil). 2022-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyul 2022-yil.
  2. McGee S (2018). Evidence-based physical diagnosis. Philadelphia, PA: Elsevier. ISBN 978-0-323-39276-1. OCLC 959371826. The term hypovolemia refers collectively to two distinct disorders: (1) volume depletion, which describes the loss of sodium from the extracellular space (i.e., intravascular and interstitial fluid) that occurs during gastrointestinal hemorrhage, vomiting, diarrhea, and diuresis; and (2) dehydration, which refers to the loss of intracellular water (and total body water) that ultimately causes cellular desiccation and elevates the plasma sodium concentration and osmolality
  3. „Гиповолемия: определение, причины, симптомы, диагностика и лечение“. www.vashdoctorclinic.ru. Клиника "Ваш Доктор". Qaraldi: 3-avgust 2022-yil.
  4. "Hypovolemia definition – MedicineNet". Medterms.com. 2012-03-19. Retrieved 2015-11-01
  5. „Hypovolemic shock: MedlinePlus Medical Encyclopedia“. medlineplus.gov. Retrieved 2019-09-02.