Fenakit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Fenakit

Fenakit (yun. phenax — aldamchi) — orol silikatlari sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Be2[Si04], unda VeO 42—45%. Trigonal singoniyada kristallanadi. Kristallari, odatda, mayda prizmatik, baʼzan romboedrik, shuningdek, radialnursimon usimtalar va sferolitlar shaklida. Rangsiz, sargʻish, pushti, kulrang, oq. Shishadek yaltiroq. Tiniq, shaffof. Qattiqligi 7,5—8, zichligi 2,9—3 g/sm3. Fenakit magmatizmdan keyingi genetik tipdagi konlarda — pegmatit, greyzen, gidrotermal tomirlar va metasomatitlarda uchraydi. Gidrotermal metasomatik hosilalarda flyuorit, sulfidlar va slyudalar bilan, dala shpatli metasomatitlarda baʼzan gentgelvin bilan assotsiatsiyada boʻladi. Fenakit kelajakda Be olinadigan manba. Yirik tiniq kristallari qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi.