Anass Zaroury

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Anass Zaroury
أنس الزروري
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anass Zaroury[1]
Tavallud sanasi 7-noyabr 2000-yil (2000-11-07) (23 yosh)[2]
Tavallud joyi Mechelen, Belgiya
Boʻyi 1.76 m[2]
Ampluasi Chap qanot hujumchisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Lens
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2006–2011 SK Heffen
2011–2012 Mechelen
2012–2014 JMG Academy Belgium
2014–2019 Zulte Waregem
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019–2021 Lommel 21 (6)
2021–2022 Charleroi 43 (7)
2021Lommel (ijara) 9 (1)
2022–2024 Burnley (7)
2024Hull City (ijara) 12 (2)
2024– Lens 0 (0)
Milliy terma jamoa
2017 Belgiya U-17 4 (2)
2017 Belgiya U-18 3 (0)
2021–2022 Belgiya U-21 7 (0)
2022– Marokash 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16-avgust uchun)

Anass Zaroury (2000-yil 7-noyabrda tugʻilgan) – professional futbolchi, Ligue 1ning „RC Lens“ klubi himoyachisi. Belgiyada tugʻilgan boʻishiga qaramasdan Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yilning 1-fevralida Zaroury Belgiya Pro ligasining „Charleroi“ klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi va mavsum yakuniga qadar „Lommel“ jamoasida ijara asosida qoladigan boʻldi[3].

2022-yilning 30-avgustida Zaroury EFL Championshipning „Burnley“ jamoasi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[4]. U yangi klubi safidagi ilk golini 2022-yilning 15-oktyabrida „Swansea City“ bilan kechgan uchrashuvda (4:0) kiritdi[5] Zaroury scored the second and third goals as Burnley beat Bournemouth in the third round of the FA Cup in January 2023.[6]. Zaroury navbatdagi ikki gollarni „Burnley“ning 2023-yil yanvar oyida boʻlib oʻtgan Angliya kubogining uchinchi bosqichi doirasidagi „Bournemouth“ jamoasiga qarshi uchrashuvida kiritdi. Shu yilning 11-avgustida futbolchi Angliya Premyer-ligasidagi „Manchester City“ klubiga qarshi bahsida oʻtkazdi va qizil kartochka olib maydonni tark etdi[7].

Hull City (ijara)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yilning 1-fevralida Zaroury 2023-2024-yilgi mavsumning qolgan qismi uchun ijara asosida „Hull City“ jamoasiga koʻchib oʻtgani maʼlum boʻldi[8]. U klubdagi debyutini 3-fevral kuni „Millwall“ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi. Besh daqiqadan soʻng, uning oʻng oyodagi zarbasi darvoza toʻsiniga tegdi, qaytgan toʻpni esa jamoadoshi Jaden Philogene golga aylantirdi[9]. 20-fevral kuni Zaroury „Hull City“ tarkibida oʻzining ilk golini kiritdi. Bu gol jamoaning „Sautgempton“ga qarshi bahsda 2:1 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi[10]. 2024-yil 21-mayda „Burnley“ klubi futbolchining ijara muddati tugagach, jamoaga qaytishini eʼlon qildi[11].

2024-yilning 22-avgustida Zaroury Ligue 1 klubi „Lens“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[12][13].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Belgiyada tugʻilgan Zaroury asl kelib chiqishi boʻyicha marokashlik hisoblanadi[14]. U dastlab Belgiya terma jamoasining turli yosh toifasidagi, jumladan U-17, U-18, U-21 jamoalarida toʻp surgan. 2022-yil 16-noyabrda Zaroury 2022-yilda Qatarda boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionatida Marokash terma jamoasiga rasman taklif qilindi[15][16]. U chempionat oldida jarohat olgan futbolchi Amine Haritning oʻrnini egalladi[17][18][19]. 17-noyabr kuni futbolchi Gruziyaga qarshi oʻrtoqlik bahsida mamlakat jamoasi safidagi debyutini oʻtkazdi[20].

2024-yil 12-avgust holatiga koʻra
Klub Mavsum Liga Mahalliy kuboklar Liga kubogi Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Lommel 2019–2020[2] Belgian First Division B 5 0 1 1 6 1
2020–2021[2] Belgian First Division B 25 7 2 0 27 7
Umumiy 30 7 3 1 33 8
Charleroi 2021–2022[2] Belgian First Division A 38 5 1 0 39 5
2022–2023[2] Belgian Pro League 5 2 5 2
Umumiy 43 7 1 0 44 7
Burnley 2022–2023[2] Championship 34 7 4 2 1 2 39 11
2023–2024[2] Premyer-liga 6 0 1 0 2 0 9 0
2024–2025[2] Championship 1 0 0 0 0 0 1 0
Total 41 7 5 2 3 2 49 11
Hull City (ijara) 2023–2024[2] Championship 12 2 12 2
Umumiy 126 23 9 3 3 2 138 28
2023-yil 19-iyun holatiga koʻra[21]
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Marokash 2022 2 0
2023 2 0
Umumiy 4 0
  1. „SQUAD LIST 2022/23 & U21 REGISTERED CONTRACT PLAYERS“. English Football League. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  2. 2,00 2,01 2,02 2,03 2,04 2,05 2,06 2,07 2,08 2,09 Anass Zaroury Soccerway saytida. Qaralgan sana: 4 September 2022.
  3. „Anass Zaroury versiert transfer naar Charleroi (maar blijft nog even in Lommel)“ (Dutch). proximus.be (2021-yil 1-fevral). Qaraldi: 2021-yil 16-fevral.
  4. „ZAROURY IS A CLARET“. www.burnleyfootballclub.com (2022-yil 30-avgust). Qaraldi: 2022-yil 30-avgust.
  5. „Burnley 4-0 Swansea“. BBC (2022-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-oktyabr.
  6. „Championship Burnley beat Bournemouth in thriller“. BBC Sport.
  7. „Haaland scores twice as Man City beat Burnley“. BBC Sport (2023-yil 11-avgust). Qaraldi: 2023-yil 11-avgust.
  8. „Zaroury signs for Hull City on loan“. Hull City A.F.C. (2024-yil 1-fevral). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  9. „Hull City 1–0 Millwall“. BBC Sport (2024-yil 3-fevral). Qaraldi: 2024-yil 3-fevral.
  10. „Southampton 1–2 Hull City“. BBC Sport (2024-yil 20-fevral). Qaraldi: 2024-yil 20-fevral.
  11. „CLUB CONFIRM RETAINED LIST | BurnleyFC“ (en). www.burnleyfootballclub.com. Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  12. „ZAROURY MAKES RC LENS MOVE“. www.burnleyfootballclub.com (2024-yil 22-avgust). Qaraldi: 2024-yil 22-avgust.
  13. „Anass Zaroury, le tek-teknique“ (French). www.rclens.fr (2024-yil 22-avgust). Qaraldi: 2024-yil 22-avgust.
  14. „Anass Zaroury: in de tribune onder Maes, in de basis onder Manning“. www.hbvl.be.
  15. „رسميا.. وليد الركراكي يوجه الدعوة إلى أنس زروري لتعويض أمين حارث في المونديال“ (ar). هسبورت (2022-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  16. „Burnley's boy wonder Anass Zaroury receives late call-up for the World Cup in Qatar“ (en). www.burnleyexpress.net (2022-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  17. „Morocco's Harit set to miss World Cup after injury“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  18. „Morocco's Harit and Poland goalkeeper Dragowski out of World Cup after late injuries“ (en). The Independent (2022-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  19. „Amine Harit to miss the World Cup following serious knee injury“ (en-US). HESPRESS English - Morocco News (2022-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-noyabr.
  20. @BurnleyOfficial. „Anass Zaroury made his international debut for Morocco in their friendly against Georgia last night“ (2022-yil 18-noyabr).
  21. „Zaroury, Anass“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2023-yil 7-aprel.