Jumabay Tashenov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
2023-yil 25-oktyabr, 19:16 dagi Begzod Rakhimberdiyev (munozara | hissa) versiyasi
(farq) ←Avvalgi koʻrinishi | Hozirgi koʻrinishi (farq) | Yangiroq koʻrinishi→ (farq)
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Jumabay Tashenov
Tavalludi 15-dekabr 1925
Vafoti 1994

Jumabay Tashenov ( qozoqcha: Жұмабай Тәшенов ) (1925-yil 15-dekabr, Toʻrgʻay, SSSR — 1994) — qoraqalpoq va qozoq yozuvchisi, tarjimon, shoir, dramaturg va ssenariynavis.

Biografiyasi

1925-yil 15-dekabrda Qoraqalpogʻiston ASSR ,Toʻrgʻayda tavallud topgan.

1942-yilda urush boshlanishi munosabati bilan armiya safiga safarbar qilingan va butun urush davomida Berlingacha boʻlgan yoʻlni bosib o'tgan, ikkita orden bilan taqdirlangan.

Demobilizatsiyadan so‘ng O‘zbekiston SSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi huzuridagi partiya maktabiga o‘qishga kirib, uni 1950-yilda tugatgan. 1950-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutining tarix fakultetiga o‘qishga kirib, uni eksternatura bo‘yicha tamomlagan va nihoyat O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi aspiranturasiga o‘qishga kirgan va 1945—1947-yillar orasida aspiranturada tahsil olgan, shu bilan bir qatorda, Qoraqalpog‘iston SP dramaturgiya seksiyasini boshqargan.

1947-yilda “Qizilqoraqalpog‘iston ” gazetasi va “Amudaryo” jurnali tahririyatiga ishga kirib, yozuvchi sifatida ilk debyutini boshlagan. Bu jurnallar 1961-yilgacha nashr etilgan. 1961-yilda "Qozoqfilm" kinostudiyasi tarkibiga qabul qilingan va muharrir-maslahatchi lavozimida ishlagan.

Tashenov sheʼriy toʻplamlar, hikoyalar va romanlarni nashr ettirgan, rus mumtoz va sovet adabiyoti asarlarini qoraqalpoq hamda qozoq tillariga tarjima qilgan. Qoraqalpoq adabiyoti rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi munosabati bilan Jumabay Tashenov hukumatning bir qator faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.

Qoraqalpoq tilidagi asarlardan eng mashhuri “Jangdosh do‘stlar” qissasi hisoblanadi. Bir qator ssenariylar va pyesalar muallifi. U ssenariylarni birinchi navbatda, Igor Savvin bilan birgalikda yozgan.